Germaniyadagi Volkswagen avtomobil ishlab chiqaruvchisi va uning brendi Audi kompaniyasi tasdiqladiki, Evropa va AQShdagi regulyatorlar (mashinalar yurishini yoki ishlashini tartibga solib turuvchi) Audi avtomobillaridagi avtomat uzatuv qutisining dasturiy ta’minoti bo‘yicha tekshiruv boshladi. Kun.uz xabariga ko‘ra, sinov vaqtida mashinaning tashqi muhitga chiqaradigan zararli moddalari hajmi pasaytirib ko‘rsatilgan.
Nashrning qayd etishicha, Volkswagen regulyatorlar bilan bu masalada muhokama o‘tkazgan. Bu «dizelgeyt» mojarosidagi navbatdagi ish sifatida qaralmoqda. Gap benzinda yuruvchi va dizel dvigatellarga ega avtomobillar haqida ketmoqda.
Tekshiruvchilar avtomatik uzatuv qutisidagi dasturiy ta’minotdan laboratoriya sinovlari vaqtida chiqarilgan karbonat angidrid gazi miqdorini kamaytirishda foydalanilgani yoki foydalanilmaganini o‘rganishadi.
Sentyabr oyida Volkswagen kompaniyasi xodimi Jeyms Robert Lieng Detroytdagi sud majlisida «dizelgeyt» doirasida firibgarlikni tashkil etish maqsadida til biriktirganligini tan olgani xabar qilingandi. U ishlangan gazlarda zararli moddalar mavjudligi haqidagi haqiqiy ma’lumotlarni yashirish imkonini beruvchi dasturni ishlab chiqqanlardan biri bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?