Dubayda haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar sinovdan o‘tkazilmoqda


Dubay yo‘l va transport boshqarmasi haydovchisiz boshqariladigan mashinalarni sinovdan o‘tkazishni boshladi, ularning har biri 10 kishigacha yo‘lovchi olib yura oladi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Ayni damda ushbu turdagi transportlar Business Bay tumanida 650 kilometr masofada harakatlanishmoqda.
Boshqarma vakili Ahmed Bahroziyanning so‘zlariga ko‘ra, bu mashinalarda sinov o‘tkazishdan maqsad, ularning Dubay iqlimi sharoitida harakatlanishini tekshirishdir.
Dubay hukumati strategiyasiga muvofiq 2030 yilga kelib shaharda harakatlanuvchi 25 foiz transport vositasi haydovchisiz boshqariladigan mashinalar bo‘ladi.



Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…