01:58 / 17.03.2025
1 611

Rossiyada Chevrolet Camaro II avlodi sotuvga qo‘yildi

Rossiyada Chevrolet Camaro II avlodi sotuvga qo‘yildi
Rossiyada noyob imkoniyat – Chevrolet Camaro II avlodini sotib olish mumkin, deb SpeedMe xabar berdi. Ushbu klassik sportkar Sankt-Peterburgdagi Avito Avto platformasida sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, avtomobil kolleksionerlari va amerikalik sportkar ixlosmandlarini qiziqtirishi mumkin.

Chevrolet Camaro 1966 yilda taqdim etilgan bo‘lib, tezda sportkar ishqibozlarining sevimli modeliga aylangan. Ikkinchi avlod, 1970 yilda ishlab chiqarila boshlangan va savdolarda hatto o‘zining asosiy raqibi – Ford Mustang’ni ham ortda qoldirgan.

Savdoda bo‘lgan model 1979 yildagi versiya bo‘lib, o‘sha yili rekord darajada sotilgan. Bu sportkar "Transformers" va "Macho va Botan" kabi mashhur filmlarda namoyon bo‘lgan.

Texnik xususiyatlar:
Dvigatel: 5733 kub. V8, 300 ot kuchiga ega
Transmissiya: 3 bosqichli avtomatik
[justify][/justify]Tezlanish: 0-100 km/soat – 7 soniya

Dizayn jihatidan uzun kapot, yumaloq kuzov chiziqlari va o‘tkir old qismi bilan ajralib turadi. Salon bej va krem ranglarida bezatilgan bo‘lib, lyuks va komfort muhitini ta’minlaydi.

Bu Chevrolet Camaro II nafaqat kuchli va uslubli sportkar, balki o‘z davrining ramzi bo‘lgan. Kolleksionerlar yoki retro avtomobil muxlislari uchun haqiqiy topilma!

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto