
Samarqand 3–5 aprel kunlari Yevroittifoq–Markaziy Osiyo sammiti munosabati bilan vaqtincha yopiladi, deb Autostrada.uz xabar berdi.
2025-yil 3, 4 va 5-aprel kunlari Samarqandda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston) rahbarlari o‘rtasida ilk sammit bo‘lib o‘tadi. Dastur doirasida “Samarkand Climate Forum 2025” ham o‘tkaziladi.
Yevropa Ittifoqi nomidan sammitda Yevropa Kengashi prezidenti Antonio Kosta va Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen ishtirok etadi. Mezbonlikni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qiladi. Tadbir “Silk Road Samarkand” kongress-markazida bo‘lib o‘tadi.
Tashrif buyuruvchilar xavfsizligi va qulayligi uchun shaharga avtomobilda kirish uch kun davomida taqiqlanadi. Tranzit transport vositalari uchun aylanma yo‘llar ko‘rsatiladi. Aholidan esa bu kunlarda shaharga safar qilmaslik so‘ralgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.