date
views 793

Ducati va Lamborghini 1 mlrd so‘mlik mototsikl taqdim etdi

Ducati va Lamborghini 1 mlrd so‘mlik mototsikl taqdim etdi
Ducati va Lamborghini hamkorligida ishlab chiqilgan eksklyuziv Ducati Panigale V4 Lamborghini mototsikli $78,400 yoki 1 milliard so‘mdan ortiq narxda taqdim etildi, deb kursiv.media xabar berdi.

Bu summaga O‘zbekistonda 7 ta Chevrolet Cobalt olish mumkin. Har bir Cobalt avtomobilining boshlang‘ich narxi 146,4 million so‘mdan boshlanadi.

Mototsiklning atigi 630 nusxasi ishlab chiqariladi. Yangi bayk Lamborghini Revuelto avtomobilidan ilhomlangan, korpusi karbon panellardan iborat. Uni 1,1 litrli motor harakatga keltiradi.

Automobili Lamborghini kompaniyasi rahbari Stefan Vinkelmann: “Bu hamkorlik orqali Ducati Revuelto’ning sportcha ruhi va eksklyuzivligini mukammal ifoda eta oldi”, — dedi.

Mototsiklning dvigatel quvvati 1000 ot kuchidan ortiq, maksimal tezligi — 350 km/soat. 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada yetadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ducati va Lamborghini 1 mlrd so‘mlik mototsikl taqdim etdi