date

Timpton Motorcycles yangi Special kruizerini taqdim etadi

Timpton Motorcycles yangi Special kruizerini taqdim etadi

Rossiyaning Timpton Motorcycles brendi 30-may kuni Sankt-Peterburgda o‘zining yangi Special modelini namoyish etadi. Bu kompaniyaning 800 kub hajmli dvigatelga ega beshinchi mototsikli bo‘lib, u uzun g‘ildirak bazasi va massiv ko‘rinishga ega yirik kruizer formatida ishlab chiqilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Mototsikl 57 ot kuchiga ega 800 kub hajmli V-simon 2 silindrli dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel ishlab chiqaruvchisi Gaokin bo‘lib, ushbu agregat mashhur Rotax motorining nusxasi hisoblanadi va u Stels hamda Groza kabi brendlar tomonidan ham qo‘llaniladi. Texnik qism 6 pog‘onali uzatmalar qutisi, ABS tizimiga ega Nissin tormozlari va Continental kamarli uzatmasi bilan to‘ldirilgan.

Timpton Special modelining uzunligi 2,6 metrni, g‘ildirak bazasi esa 1650 millimetrni tashkil etadi. Mototsiklning og‘irligi 260 kilogrammga yetadi. Xaridorlarga bir kishilik va ikki kishilik o‘rindiqli versiyalar taklif qilinadi.

Yangi model qulaylik uchun o‘rindiq va tutqichlarni isitish tizimi, smartfon hamda navigatorlarni quvvatlash uchun USB-ulagich hamda zamonaviy LED yoritish uskunalari bilan jihozlangan. Brend 800 kub hajmli modellar qatoridan tashqari, 500 kub hajmli dvigatelga ega ixchamroq X500C mototsiklini ham taklif etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Timpton Motorcycles yangi Special kruizerini taqdim etadi