Internet qidiruv saytiga ega Baidu Xitoy kompaniyasi o‘zi boshqariluvchi avtomobil yaratish yo‘lida jadal harakat qilmoqda. Yaqinda kompaniya katta yo‘lda bir nechta avtomobilni sinadi. Sinalgan avtonom mashinalarning hammasi “Baydu”ga emas, BYD, Chery va BAIC kompaniyalariga ham tegishlidir. O‘tgan seshanba kuni Xitoyning Vujen turistik shaharchasida o‘tkazilgan ochiq sinovda xohlovchilar yo‘lovchi sifatida qatnashishi mumkinligi e’lon qilindi. Shu zaylda 200tacha ko‘ngilli kishi haydovchisiz mashinaga o‘tirib 3 kmli yo‘lni bosib o‘tdi.
Haydovchisiz avtomobillarga Velodyne LiDAR avtonom boshqaruv tizimi o‘rnatilgan. Bir qancha videokameralar, qisqa to‘lqinli radar, qabul qiligan ma’lumotga ishlov beruvchi kompyuter tizimi bor. Avtomobil yo‘l chiziqlariga amal qiladi, mustaqil tarzda polosadan polosaga o‘tadi, chorrahada to‘xtaydi, qayrila oladi. Mahalliy qonunchilikdan kelib chiqib eng yuqori tezligi 60 km/soat etib belgilandi.
Har ehtimolga qarshi mashina rulida navbatchi haydovchi o‘tirdi. Ammo ular rulga tekkani yo‘q, yo‘l ma’lumotlari aks etuvchi salondagi displeyni kuzatish bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Baidu kompaniyasi birinchi tijoriy avtonom avtomobilni 2018 yilda ishlab chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 2021 yildan esa ularni yalpi ishlab chiqarishga o‘tmoqchi. Baidu haydovchisiz mashina yaratishga 2015 yilning dekabridan kirishganini e’tiborga olsak anchagina muvaffaqiyatga erishib qo‘yganining guvohi bo‘lamiz. Qolaversa, Baidu AQShning Kaliforniyasida ham o‘z texnologiyasini sinamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?