12:27 / 22.11.2016
7 463

Volvo Gravity Car dvigatelsiz 56 km/soat tezlikda harakatlanadi

Volvo Gravity Car dvigatelsiz 56 km/soat tezlikda harakatlanadi

Bu avtomobilning dvigateli yo‘q. Haydovchi tepki bosadi – vassalom. Shunga qaramasdan Volvo Gravity Car hatto poygada qatnashishga ulgurdi.

Mashina Extreme Gravity Competition musobaqasida ishtirok etish uchun atay ishlangan. Gravitasion poyganing o‘ziga xosligi mashinalar biror tepalikdan pastga qarab harakatlanishidir. Poygada g‘olib chiqish transport aerodinamikasi va poygachining mahoratiga bog‘liq xolos. Birinchi gravitasion poyga AQShda 1933 yilda o‘tkazilgan. Shundan so‘ng tez-tez o‘tkazish urfga aylangan.

2004 yilda nufuzli Extreme Gravity Competition poygasi o‘tkazilganda Porsche, Volvo, Mazda, Bentley, Nissan va General Motors singari taniqli avtomobil markalari o‘z mashinalarini ko‘z-ko‘zlagan.

Xabar mavzui bo‘lmish Volvo Gravity Car vazni atigi 15 kg. Vazn bobida velosipeddek gap. Alyuminiy, karbonplastik va shishaplastikdan ishlangan. Uzunligi 242,5 sm, kengligi va balandligi 50,8 sm. Uni “Volvo”ning konseptual ishlanmalar markazi rahbari Dug Fresher tayyorlagan. Volvo Gravity Car soatiga 56 km tezlida harakatlanib musobaqada uchinchi o‘rinni oldi. Ammo keyinroq Fresherning yangi mashinasi 90 km/soat tezlikka erishib marraga birinchi etib keldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Volvo Gravity Car dvigatelsiz 56 km/soat tezlikda harakatlanadi