Makaoda o‘tkazilgan navbatdagi, avtopoygachilarning FIA GT World Cup chempionatida g‘alati voqea ro‘y berdi, poygachi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobilni ag‘dardi... va g‘olib deb e’lon qilindi, deya xabar beradi “Darakchi” nashri.
Belgiyalik poygachi Lorens Vantxor o‘zining Audi R8 LMS avtomobilida soatiga 250 kilometr tezlikda uchib kelayotganda, avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, mashina to‘siqqa urildi. Avtomobil tomoshabinlar ko‘z o‘ngida havoga uchib, erga ag‘darildi. Yaxshiyamki, poygacha jiddiy jarohatlanmadi, uning o‘zi mustaqil ravishda mashinadan chiqdi.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan chempionat ma’muriyati zudlik bilan musobaqani to‘xtatdi va vaqt chegaralangani bois, uni tugatishga qaror qildi. G‘oliblar e’lon qilinayotganda esa ilgarigi natijalarga asoslanib, belgiyalik Lorens Vantxor g‘olib deb topildi. Mash’um avtofalokat uning g‘alabani qo‘lga kiritishiga monelik qilolmadi, balki poygada yutib chiqish huquqini hadya etdi!
Musobaqa so‘ngida poygachi jurnalistlarga bergan intervyusida avtomobil ag‘darilganda haqiqatan ham qo‘rqib ketganligini va bo‘lib o‘tgan voqeadan keyin o‘zining g‘olib deb tan olinishi g‘alati tuyulayotganini ma’lum qildi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?