date
views 25

Enyaq RS — Skoda’ning eng kuchli krossoveri

Enyaq RS — Skoda’ning eng kuchli krossoveri
Chexiyaning Skoda kompaniyasi Enyaq modelining kuchliroq versiyasi — Enyaq RS'ni taqdim etdi, deb Daily-Motor.ru xabar berdi. Ushbu yangi elektr krossover yaqinda taqdim etilgan Elroq RS’ning kuch tizimini olgan va yuqori quvvat ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi.

Enyaq RS ikki elektromotor va to‘liq tortuv tizimiga ega. Dvigatellarning umumiy quvvati 340 ot kuchini tashkil etadi. U 0 dan 100 km/soatga 5,4 soniyada yetadi, bu Elroq RS’dan tezroqdir.

Maksimal tezligi 180 km/soat bo‘lgan ushbu model 79 kVt/soatli batareyaga ega va 550 km gacha zaryadsiz yurishi mumkin. 10 foizdan 80 foizgacha zaryadlash uchun atigi 26 daqiqa yetadi (185 kVt quvvatli tez zaryad bilan).

Mashina ilg‘or rul boshqaruvi, optimallashtirilgan amortizatorlar va balandligi old tomonda 15 mm, orqa tomonda esa 10 mm pasaytirilgan osma tizimi bilan jihozlangan.

Qo‘shimcha sifatida DCC shassi boshqaruvi va old g‘ildiraklarda ikki porşenli kuchli tormoz supportlari taklif etiladi.

Salonda karbon ko‘rinishidagi bezaklar, sport uslubidagi isitiladigan rul va massaj funksiyasiga ega yon tarafdan qulaylik beruvchi isitiladigan o‘rindiqlar mavjud.

Yangi Enyaq RS yaqin kunlarda sotuvga chiqadi. Narxi hozircha e’lon qilinmagan, ammo bu model Skoda qatoridagi eng qimmat variant bo‘lishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Enyaq RS — Skoda’ning eng kuchli krossoveri