2017 yilning oxiridan boshlab Polsha hukumati avtomobil hujjatlari o‘rniga smartfondan foydalanmoqchi.
Polsha raqamli texnologiyalar vaziri Anna Strejinskaya haydovchilik guvohnomasi, texnik talon kabi hujjatlarning o‘rniga smartfonni amalga kiritmoqchiligini bildirdi. “Mobil hujjatlar” kelasi yilning bahorida paydo bo‘ladi, iyunning oxiridan esa elektron xizmat to‘laqonli ravishda ishlay boshlaydi. Oktyabr oyida tizimga haydovchilik guvohnomalari bazasi ulanadi. Boshqacha aytganda “prava”ni olib yurishga hojat qolmaydi.
Bundan tashqari Polshada avtomobilning qayddan o‘tkazilganligi kartochkasi va sug‘urta polisi hujjatlari ham kelasi yil oxirigacha bekor qilinadi. Ammo istovchilar plastik va qog‘oz blankalardan foydalanishni davom ettirishi mumkin.
“Mobil hujjat”ni tekshirish quyidagicha kechadi: fuqaro ism-sharifi va shaxsiy identifikasion raqamini (Polshada PESEL) aytgach, mobil telefoniga kelgan SMS kodni polisiyachiga ko‘rsatishi mumkin. Shundan so‘ng tartib posbonlari to‘xtatilgan haydovchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotni ko‘rib chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?