date

Tesla Texasda robotaksi sinovini boshladi

Tesla Texasda robotaksi sinovini boshladi
Tesla Texas shtatining Austin shahrida robotaksi xizmatini tijorat sinovidan o‘tkazishni boshladi, deb uz.kursiv.media xabar berdi. Sinovlar hozircha shaharning ayrim hududlarida amalga oshirilmoqda.

Avtomobillar haydovchisiz yo‘lovchilarni tashimoqda va har bir safar uchun tarif $4,2 etib belgilangan. Oldingi o‘rindiqda esa kompaniya mutaxassisi xavfsizlikni va avtopilot ishlashini nazorat qilmoqda.

Hozircha robotaksi xizmatida ko‘plab cheklovlar mavjud. Kelajakda bu mashinalar yomon ob-havo sharoitlarida va voyaga yetmagan yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatmaydi.

Soha ekspertlariga ko‘ra, Ilon Mask kompaniyasi hozirda asosiy raqibi Waymo’dan ancha ortda qolmoqda. Bu ilk sinovlardagi ko‘plab cheklovlar bilan bog‘liq. Tesla raqobatni qisqartirish maqsadida ushbu xizmatni Texasning yangilangan qonuni kuchga kirishidan oldin sinovdan o‘tkazmoqda.

Waymo avtopiloti kameralar, radarlar, lidarlar va boshqa sensorlardan foydalanadi. Tesla esa faqat kameralarga tayanadi. Bu tizim arzonroq, lekin murakkab sharoitlarda xavfsizlikka oid savollarni keltirib chiqarmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tesla Texasda robotaksi sinovini boshladi