O‘zbekistonda elektromobillar narxi pasaymoqda

Iyun oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ikkilamchi bozorda elektromobillar narxi may oyiga nisbatan pasaydi, deb uz24.uz xabar berdi.
Trendda bo‘lgan BYD elektromobillarining o‘rtacha foydalanilgan va yangi versiyalarida quyidagi narx o‘zgarishlari kuzatildi:
• BYD Han (o‘rtacha foydalanilgan) — $1600 (19,9 mln so‘m) ga arzonlashdi. Oldingi narxi $34 100 (424,5 mln so‘m), hozir $32 500 (404,6 mln so‘m).
• BYD Song Plus EV Champion (o‘rtacha foydalanilgan) — $363 (4,5 mln so‘m) ga arzonlashdi. Oldingi narxi $26 163 (325,7 mln so‘m), hozir $25 800 (321,3 mln so‘m).
• BYD Song Plus EV Champion (yangi) — $300 (3,7 mln so‘m) ga arzonlashdi. Oldingi narxi $28 800 (358,5 mln so‘m), hozir $28 500 (354,7 mln so‘m).
• BYD Yuan Up (o‘rtacha foydalanilgan) — $150 (1,8 mln so‘m) ga arzonlashdi. Oldingi narxi $20 150 (250,5 mln so‘m), hozir $20 000 (248,5 mln so‘m).
• BYD E2 (o‘rtacha foydalanilgan) — $400 (4,9 mln so‘m) ga qimmatlashdi. Oldingi narxi $15 600 (194,2 mln so‘m), hozir $16 000 (199,2 mln so‘m).
• BYD E2 (yangi) — $50 (600 ming so‘m) ga qimmatlashdi. Oldingi narxi $16 950 (210,9 mln so‘m), hozir $17 000 (211,5 mln so‘m). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing