15:52 / 11.12.2016
6 775

Audi avtomobillari svetofor bilan bog‘lanadi

Audi avtomobillari svetofor bilan bog‘lanadi

AQSh bozori uchun ishlab chiqariladigan ikki avtorusum eng yaqin svetoforning qizil chirog‘i qachon yonishini oldindan sezish imkoniga ega bo‘ldi. Kompaniya o‘z mashinalari svetoforlar bilan muloqot o‘rnatgani haqida e’lon qildi.

AQSh uchun mo‘ljallangan Audi A4 va Audi Q7 rusumlariga Audi connect tizimi o‘rnatiladi.

Svetofor ma’lumotlari “Audi”ning hamkori Traffic Technology Services markaziga yuborib turiladi. Uning serverlari orqali ishlov berilgan ma’lumot shu ondayoq internet vositasida Audi avtomobillariga uzatiladi. Dastlabki “Time-to-Green” xizmati orqali virtual uskunalar panelida yoki proeksion displeyda haydovchi yashil chiroqqa etib bora olishi yoki olmasligini ko‘rib turadi. Agar yashilga ulgurmasligi muqarrar bo‘lsa, taymer yashil chiroqning navbatdagi yonishigacha qolgan vaqtni hisoblay boshlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Audi avtomobillari svetofor bilan bog‘lanadi