Avstraliya sudlari mamlakatning eng yirik aviakompaniyasi Qantasni Covid-19 pandemiyasi davrida 1,800 dan ortiq xodimni noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatgani uchun 90 million avstraliya dollari (taxminan 59 million AQSh dollari) jarimaga tortdi.
Avstraliya Transport Ishchilari Kasaba uyushmasi bu qarorni olqishlab, uni mamlakat tarixidagi eng katta ish beruvchi jarimasi sifatida baholadi. Federal sud sudyasi Maykl Li jarimaning boshqa yirik kompaniyalar uchun ham ogohlantirish bo‘lishini ta’kidladi.
Qantas o‘z bayonotida jarimani to‘lashga rozi ekanini bildirib, xodimlarga yetkazilgan “haqiqiy zarar” uchun javobgarlikni tan oldi. Kompaniya rahbari Vanessa Xadsonga ko‘ra, 2020-yilda qabul qilingan tashqi tashkilotlarga ishlarni topshirish qarori xodimlar va ularning oilalari uchun og‘ir oqibatlarga olib kelgan.
Sud qaroriga ko‘ra, jarimaning 50 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasaba uyushmasiga to‘lanadi. Bu, uyushma ta’kidlashicha, “besh yillik kurashda adolatning g‘alabasi” bo‘lib, aviakompaniya ishini sevib kelgan sodiq xodimlar uchun muhim qaror bo‘ldi.
Mazkur jarima Qantasning so‘nggi yillarda duch kelgan bir qator mojarolaridan biridir. Kompaniya 2024-yilda noqonuniy ishdan bo‘shatilganlarga 120 million dollar kompensatsiya to‘lashga ham majbur bo‘lgandi. Shuningdek, 2023-yilda esa bekor qilingan reyslarga chipta sotgani uchun 100 million dollar jarimaga tortilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar