2025 yilda dunyo avtosanoatida texnologik taraqqiyot yana bir bosqichga ko‘tarildi. Zamonaviy avtomobil ishlab chiqaruvchilari nafaqat yurish masofasi va tejamkorlik, balki yuqori ot kuchiga ega qulay, ekologik toza va shiddatkor transport vositalarini taqdim etishdi.
Motor1 nashri ma’lumotlariga asosan tuzilgan top-20 reyting nafaqat benzinli, balki gibrid va to‘liq elektr quvvatida ishlovchi zamonaviy avtomobillarni o‘z ichiga oldi. Qizig‘i shundaki, dastlabki uchta o‘rinni elektromobil va gibridlar egalladi — bu dunyoda ekologik transport vositalariga bo‘lgan qiziqish qanday o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.
1-o‘rin – Koenigsegg Gemera (Shvetsiya): 2300 ot kuchiga ega bo‘lgan ushbu gibrid flagman dunyodagi eng qudratli mashina sifatida tan olindi.
2-o‘rin – Rimac Nevera R (Xorvatiya): 2107 ot kuchi bilan dunyoni larzaga solayotgan to‘liq elektr giperkar.
3-o‘rin – Aspark Owl (Yaponiya): Elektromobillar ichidagi yana bir yulduz — 1984 ot kuchi.
Reytingda McLaren, Bugatti, Ferrari, Tesla va boshqa yetakchi brendlar ham bor. Ba’zi modellar nafaqat yuqori ot kuchi, balki 0 dan 100 km/soatga yetib borishdagi reaktiv tezligi bilan ham hayratga solmoqda.
Avtomobil texnologiyalari taraqqiyoti davom etayotgan bir paytda, ot kuchlarining bunday darajada o‘sishi nafaqat sport ishqibozlari, balki muhandislik olami uchun ham muhim voqeadir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!