date

BYD Yangwang U9 dunyodagi eng tezkor elektromobilga aylandi

BYD Yangwang U9 dunyodagi eng tezkor elektromobilga aylandi

BYD kompaniyasi Yangwang U9 elektr superkari soatiga 472,41 km tezlik bilan jahon rekordini o‘rnatganini e’lon qildi, deb yozmoqda Kursiv media sayti.
O‘tgan yilning noyabr oyida rekord 391,94 km/soatni tashkil etgan edi. Yangi natija 20,5 foizga yuqori bo‘lib, avtomobilni jahon giperkarlari qatoriga olib chiqdi.
Taqqoslash uchun:
- SSC Tuatara - 474,8 km/soat
- Bugatti Chiron Super Sport 300+ - 490 km/soat
- Koenigsegg Jesko Absolut - 531 km/soat
Yangwang U9 narxi 1,68 million yuan (≈232 ming dollar) bo‘lib, bu xorijiy giperkarlardan ancha arzon. Birinchi yili kompaniya 149 ta mashina sotdi va yuztalik dovonni ortda qoldirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » BYD Yangwang U9 dunyodagi eng tezkor elektromobilga aylandi