«OZB» seriyali yangi avtoraqamlar sotuvga chiqdi

Xaridorlar talabi yuqori bo'lgan «UZB» yozuvli raqamlarga muqobil sifatida «OZB» seriyasidagi yangi avtomobil davlat raqamlari sotuvga chiqarildi. Sotuv platformasiga «01 500 OZB», «01 501 OZB» va «01 505 OZB» kabi kombinatsiyalar joylashtirildi. Ushbu seriyadagi har bir avtoraqamning narxi 14 million 420 ming so'm etib belgilandi. Odatiy shaklda tayyorlangan yangi raqamlarning o'ng tomonida O'zbekiston bayrog'i hamda «UZ» belgisi aks ettirilgan.
«OZB» seriyasidagi yangi avtomobil davlat raqamlari sotuvga chiqarildi. Yangi seriya xaridorlar orasida talab yuqori bo‘lgan «UZB» yozuvli raqamlarga muqobil variant sifatida taqdim etilmoqda.
Sotuv platformasida «01 500 OZB», «01 501 OZB» va «01 505 OZB» raqamlari joylashtirilgan. har bir raqamning narxi 14 million 420 ming so‘m etib belgilangan.
Yangi seriyadagi raqamlar odatiy davlat raqami shaklida tayyorlangan bo‘lib, unda hudud kodi, raqamlar ketma-ketligi va «OZB» harflari aks etgan. O‘ng tomonda O‘zbekiston bayrog‘i hamda «UZ» belgisi joylashtirilgan.
«OZB» seriyasidagi raqamlar allaqachon xaridorlar uchun ochilgan. Sotuvga qo‘yilgan kombinatsiyalar va ularning narxlari maxsus platforma orqali ko‘rsatilmoqda.































Izohlar 0
…