2025-yil yanvar–avgust oylari davomida O‘zbekistonda umumiy 284 352 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 23,9 ming donaga yoki 9,2 foizga ko‘p bo‘ldi, ya’ni avtomobil ishlab chiqarishda sezilarli o‘sish kuzatildi.
Rusumlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Cobalt – 99 013 dona
Damas – 57 882 dona
Tracker – 29 930 dona
Onix – 20 241 dona
KIA – 17 166 dona
BYD – 12 930 dona
Chery – 5 909 dona
Haval – 5 303 dona
Tank 500 – 42 dona
Maxsus yengil avtomobillar – 35 936 dona
Bu ko‘rsatkichlar mahalliy avtomobil sanoati rivojlanishi va ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi haqida gapirib bermoqda. Mahalliy avtosanoat kompaniyalari yangi modellar ishlab chiqarishni kengaytirmoqda va ularning mahsulotlari ichki bozor hamda eksport uchun katta imkoniyatlar ochmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!