Keniyada quyosh nuridan oziqlanadigan motosikl tayyorlandi


Nayrobi universitetining (University of Nairobi) uch talabasi quyoshdan quvvat oladigan motosikl yaratdi. Charlz Ojingo, Robert Achoj va Jeym Ogolelar ixtirosiga Ecotran nomini berdi. Yaqinda ekoloyiha mansabdorlar diqqatini tortdi va ularga davlat xazinasidan moliyaviy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.
Loyihani talabalar uch eski mototsiklni chavoqlashdan boshlagan. An’anaviy dvigatel o‘rniga elektromotor o‘rnatilgan, biroq mablag‘ yetishmasligi sabab akkumulyator qo‘ya olishmagan.
Moliyaviy ko‘mak olingach, Ecotran ikkita quyosh batareyali bo‘ldi. Biri tegishli vazifasini bajargan vaqtda ikkinchisi quyosh nuridan quvvat oladi.
Shunday qilib ixtirochi talabalarning ishi yurishib ketdi. Hozir Ecotran 35 nusxa ishlab chiqarilgan. To‘g‘ri, mototsiklning tashqi ko‘rinishi kamtarona, yo‘l zaxirasi 50 km, toqqa o‘rlay olmaydi. Shunga qaramasdan uning mualliflari izlanishdan to‘xtagani yo‘q, mototsiklni takomillashtirish va zaryadlash stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish harakatida yuribdi.































Izohlar 0
…