Fiat Chrysler Automobiles (FCA) kompaniyasi Google bilan hamkorlikda o‘zining Uconnect nomli axborot tizimini takomillashtirib, Android 7.0 bazasida uning yangi versiyasini yaratish maqsadida, deb xabar bermoqda Terabayt sayti.
Nashrning qayd etishicha, Android platformasida yaratilgan avtomobillarga mo‘ljallangan yangi tizim shu haftada Las-Vegas (AQSh, Nevada) shahrida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasi doirasida omma e’tiboriga havola etiladi.
Uconnect va Android birlashuvi avtomobil uchun smartfonlardagi ilovalar bilan butunlay mos keladigan yangi tizimni yaratishga imkoniyat yaratadi. Misol uchun bularga Google Maps xarita xizmati va Google Assistant yordamchisini kiritish mumkin.
Android 7.0 bazasida yaratilgan ilk avto-tizim Chrysler 300 avtomobiliga o‘rnatilgan 8,4 dyuymli ekranda namoyish etiladi. Bunday hamkorlik ikkala tomon uchun manfaatli: agar bu orqali Fiat mijozlarga eng ilg‘or axborot tizimi bilan quvvatlangan ulovlarni taklif etsa, Google avtomobilsozlik sohasiga yanada chuqurroq kirib boradi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi