
Kia kompaniyasi Picanto xetchbeki yangi avlodining ilk rasmiy suratlarini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Bundan avval mashina faqat suratlar va renderlarda namoyish qilingandi. Yangi Picanto’ning rasmiy taqdimoti 2017 yilning mart oyida Jenevadagi motorshouda bo‘lib o‘tadi.
Namyang (Janubiy Koreya) va Frankfurt-Mayn (Germaniya)dagi dizayn-markazlarda ishlab chiqilgan yangi avtomobil avvalgi – 3 595 millimetr uzunlikni saqlab qoldi.

Xetchbek 11 ta rangda ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Picanto uch silindrli hajmi 1 litrga teng dvigatel bilan jihozlanadi. Shuningdek, intererda ham o‘zgarishlar yuz berdi. Yangi avtomobilda katta sensorli ekrani bo‘lgan multimediya majmuasi o‘rnatildi.
Kia Motors Uzbekistan’ning ma’lum qilishicha, Toshkentda Kia Picanto avtomobilining eng oddiy komplektasiyasi bojxona to‘lovisiz 9 000 dollardan sotilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar