Aksariyat kishilar hayotning muayyan qismini bir manzildan ikkinchisiga etib olishga sarflashadi. Ertalab turib, ishga ketayotganimizda ko‘pincha yo‘llarning tirbandligiga duch kelamiz, kechqurun uyga qaytayotganimizda yana shu ahvol... Bu vaziyat katta shaharlarda yashovchi har bir kishiga tanish va afsuski, hozircha bu borada yaxshi tomonga o‘zgarishlar yo‘q. Don't Panic nashri aholisi doimiy tirbandlikdan aziyat chekuvchi 10 megapolis ro‘yxatini taqdim etdi, deb yozadi Kun.uz sayti.
10-o‘rin. Buenos-Ayres, Argentina
Buenos-Ayres shopping uchun eng yaxshi joy bo‘lishi mumkin, axir uning ko‘chalari zamonaviy butiklarga to‘la. Biroq, yo‘llarda muammolarga duch keluvchi shaharlar orasida ham uning nomi qayd etilgan. Bu erda munatazam ravishda yo‘l-transport hodisalari (YTH) sodir bo‘ladi, chunki mahalliy haydovchilar bunday tirbandlikda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishmaydi.
9-o‘rin. Gvadalaxara, Meksika
Gvadalaxaraning ajoyib va rang-barang madaniyati mamlakat faxri hisoblanadi. Mahalliy aholi jamoat transportidan ko‘ra o‘z transport vositalarini afzal ko‘radi. Bu esa shundoq ham mukammallikdan yiroq bo‘lgan shahar tizimiga og‘irlik qiladi. Bundan tashqari, shaharda uglerod oksidi muammosi mavjud: atrofdagi o‘rmonlar uni qayta ishlay olmaydi.
8-o‘rin. Bangkok, Tailand
Bangkok ko‘chalari bo‘ylab harakatlanish — o‘lim bilan o‘ynashishdek gap. Tezkor skuterlarning ko‘pligi hattoki eng tajribali haydovchilarni ham esankiratib qo‘yadi, endigina mashina haydashni o‘rganganlarni esa gapirmasa ham bo‘ladi. Tropik iqlim bu vaziyatni yanada qiyinlashtiradi: jaziramadan asfalt ham erib ketadi.
7-o‘rin. Rim, Italiya
Muqaddas shahar yilning barcha mavsumlarida sayyohlarga to‘la bo‘ladi. Bu erga Papani ko‘rish uchun tashrif buyuruvchi ziyoratchilar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. 2015 yilgi hisobotga ko‘ra, Rim YTH bo‘yicha dunyoning eng xavfli shaharlaridan biri hisoblanadi. Muammolarning asosiy manbai - bu erda juda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi motosiklchilar.
6-o‘rin. Moskva, Rossiya
Moskva ushbu ro‘yxatda munosib oltinchi o‘rinni egallagan. Bu shahar ko‘chalari shu qadar tirbandki, odamlar ishga borish uchun bir soatdan ortiq vaqt ketkazishadi. Qish mavsumida vaziyat bundan-da murakkablashadi: qorga burkangan trassalar — tezkor poygalar uchun to‘g‘ri kelmaydi.
5-o‘rin. Sankt-Peterburg, Rossiya
Rossiyaning eng ko‘rkam shahrida ham yo‘lga bog‘liq muammolar talaygina. Sankt-Petergburg yo‘llaridagi tirbandlikni Moskvadagi vaziyatga tenglashtirish mumkin. Qish faslida bu shaharda ham harakatlanish qiyinlashadi.
4 - o‘rin. Surabaya, Indoneziya
Yo‘l transporti modernizasiyalashgan tizimga ega emasligi mazkur shahar trassalarini asabi joyida bo‘lmaganlar uchun haqiqiy sinovga aylantiradi. Bu erda "toshbaqa" tezligida harakatlanish - oddiy hol. Yo‘lovchilar-ku yo‘llarda bemalol "sayohat" qilishadi. Ular mashinalar orasidan o‘tib, shusiz ham og‘ir vaziyatni yanada murakkablashtirishadi.
3-o‘rin. Mexiko, Meksika
20 million aholi va 7 million avtomobil: tirbandlik Mexikoning ajralmas qismiga aylangan. Yil sayin o‘sib borayotgan mashinalar soni tez orada shaharni umuman harakatsizlikka olib kelmasa bo‘lgani. Hatto kattaligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallagan metropoliten ham bu vaziyatni bartaraf qilishga ojiz.
2-o‘rin. Istanbul, Turkiya
Yo‘llardagi muammolarning aksariyati mahalliy haydovchilarning qiziqqonligi tufayli yuzaga keladi. Xususiy avtotransportning ko‘pligini ham inkor qilib bo‘lmaydi, albatta. Tig‘iz soatlarda ishdan uyga qaytish qanchalik qiyinchilik tug‘idirishini so‘z bilan ta’riflash qiyin!
1-o‘rin. Jakarta, Indoneziya
Mana ikki yildirki, Jakarta "dunyoning eng tirband shahri" maqomini olib kelmoqda. 30 million (!) aholi har kuni o‘z avtomobili bosimi ostida qoladi. Shaharning noqulay infratuzilmasi vaziyatni yanada qiyinlashtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi