17:39 / 19.01.2017
7 321

Audi Xitoyda elektromobillar ishlab chiqaradi

Audi Xitoyda elektromobillar ishlab chiqaradi

Audi va FAW kompaniyalari uzoq muddatli hamkorlik haqidagi bitimni imzolashdi. “Audi” 10 yilga mo‘ljallangan shartnoma doirasida FAW VW qo‘shma korxona quvvatida yangi gibridli modellar va elektrokarlar ishlab chiqaradi. Ular Xitoy bozoriga chiqariladi.

Kelishuv Chanchunda Audi rahbari Rupert Shtadler, Volkswagen’ning Xitoydagi bo‘linmasi prezidenti Yoxem Xaysmann va FAW direktorlar kengashi raisi Syuy Pin tomonidan imzolandi.

FAW VW zavodida yaqin besh yil davomida “Audi”ning Xitoyga mo‘ljallangan beshta modeli chiqariladi. Ular e-tron sinfidagi “yashil” modellar, jumladan 500 kilometrga mo‘ljallangan elektr zaxiraga ega ikki elektr avtomobil bo‘ladi, deb yozadi Kun.uz.

“Audi” 2015 yilda Xitoy bozoriga atab maxsus ishlab chiqilgan A6 uzaytirilgan sedanini taqdim etgandi. U 124-kuchli elektromotor va ikki litrli, 211 ot kuchiga ega benzinli “turboto‘rtlik” bilan jihozlangan.

Audi yangi modellar 2020 yilda taqdim etilishini ma’lum qilgan: bu o‘rta hajmli krossover, sedan va kichik siti-kar.

Shu bilan bir qatorda, nemis kompaniyasi Xitoyda A6 L e-tron uzaytirilgan gibridli sedan va Q7 e-tron krossoverini sotishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Audi Xitoyda elektromobillar ishlab chiqaradi