19:28 / 02.02.2017
7 917

Evropa Ittifoqida “yashil avtomobillar” soni ortmoqda

Evropa Ittifoqida “yashil avtomobillar” soni ortmoqda

2016 yilning to‘rtinchi choragi natijalariga ko‘ra, muqobil yonilg‘iga harakatlanadigan avtomobillar soni oshgan, deb yozadi Carzone.uz. Bu davr mobaynida gibrid mashinalar bozori hajmi 25,1 foizga o‘sgan.

Evroittifoqning besh yirik avtobozoridan uchtasida (Ispaniya, Germaniya va Buyuk Britaniya) “yashil avtomobillar”ga talab ortgan. Ispaniyada 49,4 foiz, Germaniyada 22 foiz, Britaniyada esa 15 foizlik o‘sish qayd etilgan. Ammo ekologik avtomobillar savdosi Italiyada 3,5 foiz, Fransiyada esa 14,4 foizga qisqargan. Eslatib o‘tamiz: bu o‘tgan yilning to‘rtinchi choragi natijalaridir.

Umumiy olganda, o‘tgan yilda sotilgan muqobil energiyaga yuradigan avtomobillar soni 609 629tani tashkil etib, 2015 yilgi ko‘rsatkichdan 4,1 foizga o‘sgan. Evropa Ittifoqi avtobozorining 4,2 foizini “yashil avtomobillar” tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Evropa Ittifoqida “yashil avtomobillar” soni ortmoqda