Sirdaryoda taksilarga yangi elektron tizim o‘rnatildi


Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi yo‘nalishsiz taksi avtomobillariga “Taksi – master” elektron tizimi o‘rnatildi. Bu haqda Carzone nashri xabar bermoqda.
Yangi o‘rnatilgan tizim Rossiya Federasiyasida ishlab chiqilgan. U orqali yo‘nalishdagi taksi avtomobillarini masofadan turib kuzatish, haydovchilarga buyurtmalarni elektron tarzda yuborish, taksi avtomobillarining bosib o‘tgan masofasi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
“Taksi – master” elektron tizimi belgilangan tarif bo‘yicha yo‘l kira haqini avtomatik hisoblash imkoniyatini ham beradi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…