Kam ta’minlangan iborasini qo‘llash bir oz g‘alati, ammo mazkur elektromobil uncha badavlat bo‘lmagan va maxsus zaryadlash stansiyasidan foydalana olmaydigan aholi uchun tayyorlanganini aytib o‘tish kerak, deb yozadi Carzone sayti.
Chehejia startapini Kevin Shen, Jonni Li va Li Syan ismli tijoratchilar tashkil qilgan. Li Syan giperkar ishlab chiqaruvchi NextEV firmasining asoschisi sanaladi. Ammo Li Syanning giperkari badavlat kishilar uchun bo‘lsa, yangi ikki o‘rinli elektromobili cho‘ntagi qappaymagan xaridorlar uchun. U motosikldan ozgina qimmat xolos.
Chehejia SEV deb atalgan bu elektromobil aynan ko‘pqavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga mo‘ljallab chiqariladi. Ularning ko‘pchiligida elektromobilini avtoturargohda yoki boshqa joyda zaryadlash imkoni yo‘q. Shuning uchun injenerlar yangicha echim o‘ylab topgan: uyning yoniga mashinani qo‘yasiz va ikki batareyani echib, uyga olib kirib zaryadlaysiz. Har bir batareya 10 kgdan tosh bosadi va tarmoqdan oddiy telefon singari quvvatlash mumkin. Kechasi bilan to‘liq zaryad oladi.
Mualliflar innovasion echim ko‘plab muammolarni hal qilishiga ishonadi. Masalan, kvartiradan tashqariga elektr simi tortishga hojat yo‘q, batareyasiz elektromobilni hech kim o‘g‘irlab ketmaydi. Eng muhimi, Chehejia SEV arzongina, ya’ni 50 ming yuan turadi (7,5 ming dollar atrofida). Bu elektromobil uchun past narx sanalishini yoddan chiqarmang.
Xitoy injenerlari bu bilan cheklanib qolmoqchi emas, keyinroq mashinaga uch qator o‘rindiqlar o‘rnatmoqchi.
Birgina muammo sig‘imi yuqori, ammo hajmi kichik batareyalar tayyorlashdir. Batareya sig‘imi qancha yuqori bo‘lsa, yo‘l zaxirasi ham ortadi. Ammo injenerlar izlanishdan to‘xtagani yo‘q, 1-2 yildan so‘ng Chehejia elektromobillari seriyali ishlab chiqarilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi