
9 fevral kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida dahshatli avtohalokat yuz bergani haqida xabar bergan edik. YTH haqida ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar tarqatilgan edi. Oradan biroz vaqt o‘tib mazkur avtohalokatga aloqador fotosuratlar tarqaldi.

Suratlarda aks etganidek, Spark hamda Matiz avtomobillari deyarli temir-tersakka aylangan. Voqeadan bexabar inson ham fotosuratlarni ko‘rishi bilan, halokatdan so‘ng biror kishi tirik qolmaganini anglashi qiyin emas.
Eslatib o‘tamiz, Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 7 kishi vafot etgan. Voqeaga guvoh bo‘lgan o‘nlab kishilar ana shunday ma’lumotni etkazishdi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ayrim manbalarda avtohalokat 4 kishining o‘limiga sabab bo‘lganligi aytilmoqda. Hozircha Ichki ishlar vazirligi bu voqea yuzasidan hech qanday izoh bermagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar