00:00 / 20.05.2015
10 450

AQShda mashinalar bir-biri bilan muloqot qiladigan bo‘ladi

AQShda mashinalar bir-biri bilan muloqot qiladigan bo‘ladi

AQSh transport vazirligi tez orada haydovchilar ishtirokisiz mashinalar o‘rtasida xabar almashinishi loyihasini ishga tushiradi. Bu haqda «Mail.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.

Ushbu loyiha yo‘llarda xavfsizlik darajasini oshiradi va tig‘iz vaqtlarda yuzaga keladigan tirbandliklarni kamaytiradi.

AQSh transport vaziri Entoni Foks V2V (vehicle-to-vehicle — mashinadan-mashinaga) tizimi tez orada amalga oshirilishini aytib o‘tdi.

Yangi qo‘llanilayotgan tizimning g‘oyasi shundan iboratki, yo‘llardagi avtomobillar o‘zaro ma’lum bir masofani saqlab turishi uchun doimiy aloqada bo‘lib turadi. Agar masofa belgilangan ko‘rsatkichdan qisqarib ketsa, tizim haydovchini YTH yuz berishi mumkinligidan ogohlantiradi. Endi haydovchi ko‘zini yumib ham burilishi mumkin, chunki qarama-qarshi tomonda mashina bor-yo‘qligini radarda ko‘rib turadi.

Foks V2V tizimi ishga tushishi uchun bir necha yil kerak bo‘lishi mumkinligini yashirmayapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » AQShda mashinalar bir-biri bilan muloqot qiladigan bo‘ladi