Davlat elektromobil zaryadlash xarajatlarini qisman qoplaydi

Prezidentning 2026 yil 16 fevraldagi PF-22 son farmoniga muvofiq, elektromobillarni quvvatlash stansiyalari egalari uchun qator yengilliklar joriy etildi. Hujjat "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish" yili doirasidagi islohotlar hamda "O‘zbekiston-2030" strategiyasini amalga oshirish choralarini nazarda tutadi.
Yangi tartibga ko‘ra, quvvatlash stansiyalarida 1 kilovatt soat elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan ortiq qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi. Bu orqali tadbirkorlarning xarajatlarini qisqartirish maqsad qilingan.
Shuningdek, elektromobillar uchun quvvatlash shoxobchalari tashkil etayotgan tadbirkorlarga 10 foizli maqsadli kreditlar ajratiladi. Bu moliyaviy qo‘llab-quvvatlash sohani rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, quvvatlash stansiyalari uchun xarid qilinadigan yer maydonlarining auksiondagi boshlang‘ich qiymati bozor bahosidan ikki baravar arzon qilib belgilanadi.
Ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar natijasida respublika hududlarida elektromobillarni quvvatlash stansiyalari soni 4 mingtaga yetkazilishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!