Shvesiya g‘arbidagi Gyoteborg shahrida joylashgan Volvo zavodi hududida yong‘in ro‘y berdi. Buning oqibatida taxminan 150 kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Yong‘in laboratoriya va batareyalar omborida Toshkent vaqti bilan 12.00da yuz bergan, keyinchalik o‘t yaqin atrofdagi xonalarga o‘tgan. Xodimlar kuchli zaharli tutun sababli o‘z ish joylarini tark etishdi. Ulardan hech kim jabrlanmadi.
Favqulodda hodisa ro‘y bergan joyda taxminan 40 nafar o‘t o‘chiruvchi ishlamoqda.
"Tutun zaharli, shuning uchun okrugda istiqomat qiluvchi aholidan deraza va eshiklarni yopishni so‘ramoqdamiz", - deya ma’lum qildi qutqaruv xizmati vakili Annika Buberg.
Bu Volvo bilan qisqa vaqt ichida ro‘y bergan ikkinchi shunday holat. Fevral oyida kompaniyaning to‘qnashuvlarda xavfsizlik masalalari bo‘yicha markazida kuchli yong‘in ro‘y bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi