Tesla Xitoyda AI ovozli yordamchini roʻyxatdan oʻtkazdi

Tesla Xitoyda AI ovozli yordamchini roʻyxatdan oʻtkazdi
Qisqacha

Tesla Xitoyda generativ sun'iy intellektga asoslangan ovozli yordamchi funksiyasini rasman ro'yxatdan o'tkazdi. Ushbu texnologiya Xitoy Kibermakon boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan 158 ta AI ilovasi qatoriga kiritildi. Bu qadam Tesla'ning Xitoy avtomobil bozoridagi raqobatda o'z o'rnini mustahkamlash hamda mahalliy iste'molchilar uchun avtomobillarini yanada jozibador qilish strategiyasining bir qismidir. Kompaniya avvalroq DeepSeek va ByteDance kabi mahalliy AI tizimlarini ham integratsiya qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tesla kompaniyasi Xitoyda generativ sunʼiy intellekt asosida ishlovchi ovozli yordamchi funksiyasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazdi.

Shankhay maʼlumotlariga koʻra, ushbu texnologiya Xitoy Kibermakon boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan 158 ta sunʼiy intellekt ilovalari qatoriga kiritilgan.

Mazkur qadam Tesla tomonidan Xitoy avtomobil bozoridagi raqobatda oʻz oʻrnini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan. Chunki mahalliy ishlab chiqaruvchilar allaqachon oʻz avtomobillariga AI tizimlarini joriy qilib ulgurgan.

Avvalroq kompaniya Xitoy bozoridagi mavqeini kuchaytirish uchun DeepSeek va ByteDance’ning Doubao AI tizimlarini ham oʻz modellariga integratsiya qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Bu strategiya Tesla avtomobillarini mahalliy isteʼmolchilar uchun yanada qulay va jozibador qilishga qaratilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar