date

Chery Fulwin T9 Long Range Edition: 1800 km masofani bosib o‘tuvchi yangi krossover

Chery Fulwin T9 Long Range Edition: 1800 km masofani bosib o‘tuvchi yangi krossover

Chery kompaniyasi o‘zining o‘rta o‘lchamli gibrid krossoveri — Fulwin T9 Long Range Edition modelini rasman taqdim etdi. Xitoy bozorida sotuvga chiqarilgan ushbu avtomobil o‘zining ta’sirchan masofa bosib o‘tish imkoniyati bilan ajralib turadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Avtomobil 1,5 litrli ACTECO 1.5TGDI turbomotor va DHT transmissiyasi bilan jihozlangan. Gibrid tizimning umumiy quvvati 360 ot kuchini tashkil etadi. Ishlab chiqaruvchining ma’lumotlariga ko‘ra, krossover faqat elektr energiyasida 220 km, gibrid rejimda esa 1800 km dan ortiq masofani bosib o‘ta oladi.

Texnik jihatdan model 15,6 dyuymli 2,5K ekran, Qualcomm 8155 protsessori va 14 tagacha dinamikga ega audio tizim bilan jihozlangan. Shuningdek, batareyani 30 foizdan 80 foizgacha quvvatlash uchun atigi 15 daqiqa kifoya qiladi.

Xavfsizlik tizimlari qatoriga adaptiv kruiz-nazorat, avtomatik tormozlash va yo‘lakdan chiqib ketishni nazorat qilish funksiyalari kiritilgan. Top versiyada esa avtopilot va avtomatik parkovka tizimi mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Chery Fulwin T9 Long Range Edition: 1800 km masofani bosib o‘tuvchi yangi krossover