date

Mercedes-Maybach GLS raqibi: Huawei yangilangan Aito M9 krossoverini taqdim etdi

Mercedes-Maybach GLS raqibi: Huawei yangilangan Aito M9 krossoverini taqdim etdi

27-may kuni Huawei kompaniyasi oʻzining flagman krossoveri — yangilangan Aito M9 modelining rasmiy premyerasini oʻtkazdi. Avtomobil avvalgi versiyasiga nisbatan 140 dan ortiq innovatsion yaxshilanishlarga ega boʻlib, uning oʻlchamlari va intellektual tizimlari sezilarli darajada kengaytirildi. Yangi modelning narxi Max+ bazaviy versiyasi uchun 479 800 yuandan boshlanib, eng hashamatli Ultimate Extended Edition modifikatsiyasi uchun 649 800 yuangacha (taxminan 90 000 dollar) yetadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Avtomobil tashqi koʻrinishidan xromlangan radiator panjarasi va toʻxtab turganda turli tasvirlar hamda filmlarni proyeksiyalash imkoniyatiga ega aqlli optikasi bilan ajralib turadi. Krossoverning aerodinamik qarshilik koeffitsienti 0,249 gacha tushirilgan, eshiklari esa endi 77 darajagacha ochiladi. Ultimate talqini 5402 mm uzunlikka va 3236 mm gʻildirak bazasiga ega boʻlib, u eksklyuziv qora-tilla rangli kuzov hamda elektr yuritmali poygichlar bilan jihozlangan.

Salon qismida HarmonyOS Cockpit 4.0 tizimi boshqaruvidagi uchta yirik ekran (jumladan, ikkita 17,2 dyuymli 3,4K displey) va kengaytirilgan reallik (AR) proyeksiyasi oʻrin olgan. Yoʻlovchilar uchun 32 dyuymli lazerli TV, 7,1 litrli muzlatkich va 43 ta dinamikdan iborat 2920 vattli Huawei Sound Ultimate audiotizimi mavjud. Shuningdek, oʻrindiqlar massaj funksiyasi va oyoqlarni isitish uchun grafenli maxsus tizim bilan taʼminlangan.

Texnik jihatdan Aito M9 800 voltli platformaga qurilgan boʻlib, uning quvvati 903 ot kuchiga teng, toʻliq quvvat bilan yurish masofasi esa 1400 km ni tashkil etadi. Avtomobil xavfsizligini 6 ta lidar, 5 ta 4D-radar va 11 ta kameradan iborat HUAWEI Qiankun Intelligent Driving ADS 5 tizimi taʼminlaydi. Pnevmatik podveska va Huawei DATS 3.0S elektronika tizimi yoʻl qoplamasini skanerlab, harakatlanish qulayligini avtomatik tarzda moslashtiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Mercedes-Maybach GLS raqibi: Huawei yangilangan Aito M9 krossoverini taqdim etdi