date

Xitoy elektromobillari Yevropa bozorida rekord o‘rnatdi

Xitoy elektromobillari Yevropa bozorida rekord o‘rnatdi

Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari Yevropa elektromobil bozorida o‘z ta’sirini keskin oshirmoqda. Aprel oyida Xitoy brendlariga tegishli elektromobillar savdosi ikki baravardan ko‘proq o‘sib, 38 ming donaga yetdi.

Bu natija xitoylik kompaniyalarga Yevropadagi elektromobillar bozorining 15 foizdan ortiq qismini egallash imkonini berdi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy avtokompaniyalari nafaqat elektromobil segmentida, balki Yevropa avtomobil bozorining umumiy hajmida ham 10 foizlik ulushga yaqinlashmoqda.

Ayniqsa, tashqi manbadan quvvatlanadigan gibrid avtomobillar yo‘nalishida Xitoy brendlari ancha faol. Ushbu segmentda ularning ulushi qariyb 29 foizni tashkil etgan. Bu esa Yevropa xaridorlari orasida Xitoyda ishlab chiqarilgan gibrid va elektromobillarga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Mutaxassislarga ko‘ra, Xitoy avtokompaniyalarining Yevropa bozoriga faol kirib borishiga ichki bozordagi kuchli narx raqobati va foydaning kamayishi sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar yangi bozorlar orqali o‘sishni davom ettirishga harakat qilmoqda. Yevropa esa ular uchun hozir eng muhim yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Xitoy elektromobillari Yevropa bozorida rekord o‘rnatdi