Yangi Lada Azimut krossoveri –40 dan +60 darajagacha chidamlilikni namoyish etdi

Yangi texnologik Lada Azimut krossoveri AvtoVAZ ilmiy-texnik markazidagi yangi vibrostendda sinovdan oʻtgan ilk avtomobil boʻldi. Ushbu bosqich avtomobilni yakuniy sozlash dasturining muhim qismi hisoblanib, seriyali uskunalar yordamida ishlab chiqarilgan detallarning resursi va chidamliligini tekshirish imkonini beradi. Sinovdan oldin avtomobil maxsus datchiklar va akselerometrlar bilan jihozlanib, poligonning turli hududlarida haydab koʻrildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yigʻilgan maʼlumotlar raqamli modelga oʻtkazilib, vibrostend tizimiga yuklandi. Bu esa real yoʻl sharoitlari va ekspluatatsiya yuklamalarini maksimal darajada aniq takrorlashga xizmat qiladi. Avtomobil maxsus kamerada taxminan 250 soat vaqt oʻtkazadi, bu esa shartli ravishda yoʻllardagi sakkiz yillik foydalanishga tengdir. Shuningdek, uskunalar –40 dan +60 °C gacha boʻlgan ekstremal haroratlarni simulyatsiya qila oladi.
Lada Azimut 1-sonli konveyer liniyasida Vesta va Aura modellari bilan bir oqimda ishlab chiqarilmoqda. Texnik jihatdan model 1,6 va 1,8 litrli, quvvati 132 ot kuchigacha boʻlgan atmosfera dvigatellari, shuningdek, WLY variatori va 6 pogʻonali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Kelajakda turboversiya va toʻliq uzatmali gibrid modifikatsiyalar chiqarilishi ham rejalashtirilgan.
Gabaritlariga koʻra Azimut B+ klassiga mansub: uzunligi 4416 mm, klirensi 208 mm, yukxona hajmi esa 508 litrni tashkil etadi. Avtomobil zamonaviy raqamli texnologiyalar, jumladan, GigaChat tizimli multimedia, toʻliq svetodiodli optika, 360 darajali kameralar va panoramali tom bilan taʼminlanadi. Shuningdek, 390 ot kuchiga ega kuchli gibrid versiyasi ham kutilmoqda.





























Izohlar 0
…