8 728
GM Uzbekistan yangi shartnomalar tuzish va avtomobillarni berishni vaqtinchalik to‘xtatdi
GM Uzbekistan 2017 yilning 29 mayidan 31 mayigacha yangi shartnomalarni tuzish va avtomobillarni berishni vaqtinchalik to‘xtatdi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
«Hurmatli iste’molchilar! «DjiEm O‘zbekiston» AJ tomonidan avtomobillar qoldiqlarini inventarizasiya qilinishi munosabati bilan, 2017 yilning 29 mayidan 31 mayigacha yangi shartnomalarni tuzish va avtomobillarni berish vaqtinchalik to‘xtatiladi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, inventarizasiya yakunlangandan so‘ng, to‘langan shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni, tuzilgan shartnomalarda ko‘rsatilgan narxlarda etkazib berish amalga oshiriladi. Xaridor tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan avtomobil narxining oldindan to‘lanishi belgilangan minimal qiymati (85%) yoki to‘liq qiymati to‘langan holatda, avtomobil narxi to‘langan hisoblanadi.
Avvalroq 1 iyundan boshlab «GM Uzbekistan» barcha avtomobillari so‘mda sotilishi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergandik.
Shuningdek, GM Uzbekistan kompaniyasi o‘zi ishlab chiqarayotgan bir qator avtomobillarning narxlarini oshirishi, bu haqda vaziyatdan xabardor manbalar ma’lum qilgani haqida ham ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi