GM Uzbekistan Qozog‘istonning avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi milliy kompaniyasi AllurGroup bilan birgalikda Qo‘stanaydagi "SarыarkaAvtoProm" ishlab chiqarish maydonchasida Ravon Nexia R3 modelini seriyali ishlab chiqarishni boshladi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Ravon Nexia R3 sedani ishlab chiqarilishi zavodning mavjud quvvatlarida amalga oshiriladi. Hamkorlikning keyingi bosqichi ishlab chiqariluvchi modellarning kengaytirilishi bo‘lishi mumkin.
Ravon’ning Qozog‘istondagi rasmiy distribyutori "Uzavto Aziya" kompaniyasi mavjud dilerlik tarmog‘i orqali ishlab chiqarilayotgan mashinalarni sotishni amalga oshiradi.
Bugungi kunda Qozog‘istondagi hamyonbop avtomobil segmentida Ravon Nexia R3 narx-sifat nisbatini hisobga olgan holda iste’molchi uchun eng jozibador model hisoblanadi. Ushbu mashinani Qozog‘istonda ishlab chiqarilishi hisobiga imtiyozli kreditlash dasturi orqali xarid qilish mumkin bo‘ladi.
2017 yilning 4 oyi natijalariga ko‘ra, Ravon Nexia R3 qozog‘istonliklar tomondan talab katta bo‘lgan yengil avtomobillar reytingida etakchi o‘rinlarni egallamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi