00:04 / 03.06.2017
9 881

O‘qing qiziq: Avtomobillar narxi oshganiga ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlar

O‘qing qiziq: Avtomobillar narxi oshganiga ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlar
«Kun.uz» saytining Feysbukdagi va Instagramdagi sahifalari, shuningdek, Tvitter va Feysbukda, «Voditeli Tashkenta» guruhida bildirib o‘tilgan eng sara fikrlarni jamlab, e’tiboringizga havola etishga qaror qildik. Foydalanuvchilar avtomobillar narxi oshgani haqidagi xabarga quyidagicha munosabatlar bildirib, fikrlar qoldirishgan.

T. Choriev: «Men tushundim, endi avtokredit ochiladi».

B. Daminjonov: «Men ham tushundim. Endi (mashina xarid qilish uchun) navbatga turmaymiz»

S.Azimov: «Kun.uz, mana endi o‘zingizni ko‘rsating. Muloqotga chorlang «O‘zavtosanoat» rahbariyatini. Asoslab bersin bu betayin qarorini!»

V. Batir: «Eh, afsus, Hojiboy aka o‘tib ketdi-da, bo‘lmasam zo‘r mavzu qilib bizni kuldirar edi!»

A.Tursunbaev: «Narx dollar kursga qarab o‘zgarib tursa, unda oylikni ham dollar kursida har haftada o‘zgartirib turishsin».

A. Jalilov: «Kimdir tushuntira oladimi, oylikka yashaydiganlar qanaqa qilib mashina olishini? Yo‘q, rostdan ham qiziq».

D. Obidov: «Captiva» olish uchun 1 mln. so‘m oylik oladigan odam emay, ichmay 210 oy, ya’ni 17 yarim yil ishlasa puli etar ekan!»

E. Xo‘jaev: «Men velosipedda yurishni o‘rganayapman. Haydovchilik guvohnomasi kerak emas, yo‘limda to‘g‘ri yursam bo‘lgani».

A. Aziz: «Mamlakatning milliy valyutasiga ishonchsizlik shu qadarki, qora bozor kursiga tayanib, uning kelgusidagi qadrsizlanishi sug‘urta qilinmoqda. Yana konvertasiya haqida gapiramiz-a?»

X. Bahodirov: «Avtokredit boshlangani bilan, baribir qiyin. Chunki mashinani xarid qilish uchun «katta» pul to‘lashga to‘g‘ri keladi, boz ustiga, kredit foizi ham qo‘shiladi. Qarabsizki, «mashina minaman», degan «qahramon» qulog‘igacha qarzga botib ketadi».

D. Abdullaev: «Mayli, ko‘p kuyinmanglar. Bunga ham o‘rganib qolamiz. Bizning sabrimizning chegarasi yo‘q-ku. Chidaymiz-da. Lekin yaxshi bo‘lmadi».

K. Bahovadinov: «Ishontirib aytamanki, GM avtomobillarga necha marta narxni oshirishidan qat’i nazar, xalq baribir bu mashinalarni xarid qilishda davom etaveradi. Navbatga ham turadi, so‘rab iltimos ham qiladi. Bunday sharoitlarda narxni oshirmaslik — gunoh!»

«Million» guruhi etakchisi Davron Kabulov Tvitterda vaziyatga shunday fikr bildirgan:


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘qing qiziq: Avtomobillar narxi oshganiga ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlar