11:43 / 13.06.2017
11 647

Chevrolet oldingi avloddagi Spark avtomobilini yangi dizayn bilan bozorga chiqarmoqda

Chevrolet oldingi avloddagi Spark avtomobilini yangi dizayn bilan bozorga chiqarmoqda
Chevrolet Lotin Amerikasi bozorlari uchun mo‘ljallangan va reystayling qilingan hetch Beat’ning avvalgi avlod modelini taqdim etdi. Bu model ko‘plab davlatlarda Spark sifatida tanilgan.

Yangilangan Spark’ning dastlabki egalari meksikaliklar bo‘ladi — besh eshikli hetchbek dastlabki xaridorlarga 21 iyun kuni etkaziladi. Boz ustiga, avtomoshinaning Beat deb ataluvchi reystayling qilingan avvalgi avlod vakili bu mamlakatda Spark nomi bilan atalgan yangi avlod mashinasi bilan bir vaqtda sotuvga chiqariladi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.


2018 yilgi model qatorining Chevrolet Beat avtomashinasi yangi bamperlar, boshqacha faralar va tumanga qarshi chiroqlar bilan jihozlangan. Orqa fonarlarining shakli ham o‘zgartirilgan. Salonda esa uskunalar paneli va markaziy konsol o‘zgartirilgan, top komplektasiya Apple CarPlay va Android Auto’ni qo‘llovchi 7 dyuymli sensor ekranli multmedia tizimiga ega. Hetchning uskunalar ro‘yxatidan yana 14 dyuymli disklar, kondisioner, xavfsizlik yostiqchalari va ABS tizimi o‘rin olgan.

Meksika bozorida yangilangan Beat 1,2 litr hajmiga va 81 ot kuchiga ega, besh bosqichli mexanik uzatmalar qutisi bilan taqdim etiladi. Yangi avloddagi Chevrolet Spark hetchbeki esa 1,4 litr hajmli, 98 ot kuchiga ega, hamda mexanik va avtomatik uzatmalar qutisiga ega variantlari bilan xarid qilinishi mumkin.

Chevrolet Beat-2018’ning narxi 8400 dollardan boshlanadi. Yangi Spark esa, o‘z-o‘zidan qimmatroq — 10.300 dollar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Chevrolet oldingi avloddagi Spark avtomobilini yangi dizayn bilan bozorga chiqarmoqda