Co‘nggi kunlarda bir qator elektron ommaviy axborot vositalari tomonidan GM Uzbekistan AJ faoliyatiga doir, xususan, savdo tizimidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan bir qancha maqolalar chop etildi.
Shu nuqtai nazardan ushbu holatga korxona oydinlik kiritib o‘tdi.
1. Ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar narxini AQSh dollariga bog‘lash iqtisodiyot sub’ektlari tomonidan keng qo‘llanib kelinayotgan amaliyot bo‘lib, ko‘pchilik uchun yangilik emas. Masalan, milliy aviakompaniya, mobil aloqa operatorlari, internet provayderlari, turistik firmalar o‘z tovar va xizmatlari uchun tariflarini erkin konvertasiyadagi xorijiy valyutada, AQSh dollari yoki Evroda belgilaydilar. To‘lovlar Markaziy bankning to‘lov sanasidagi rasmiy kursi asosida milliy valyutada amalga oshiriladi.
Shu bilan birga ta’kidlab o‘tish joizki, avtomobil uchun oldindan to‘lovning minimal miqdori (85%) amalga oshirilgandan keyin to‘lovning qolgan qismiga valyuta kursi o‘zgarishi ta’sir qilmaydi va avtomobil uchun to‘lov shartnoma tuzilgan kundagi kurs asosida amalga oshiriladi, ya’ni avtomobil narxi o‘zgarmaydi.
2. Avtomobillar narxlari avvalambor ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlardan, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar, shuningdek, avtomobillarning minimal rentabelligining muvofiqlashtirilgan darajasidan kelib chiqib shakllanadi.
Narxlarni asoslashda hamda avtomobillarni ishlab chiqarish va sotish davomida paydo bo‘ladigan xarajatlarini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilinadi.
Shu bilan birga, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan monopolist bo‘lgan GM Uzbekistan faoliyati ustidan, xususan, avtomobil narxini belgilash hamda narxlarning kelishilgan me’yorlarini qo‘llash tartibiga rioya etilishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat nazorati amalga oshiriladi.
3. Avtomobilsozlik – bu katta miqdordagi moliyaviy mablag‘, vaqt, texnik salohiyat va boshqa resurslarni talab qiluvchi ko‘p o‘lchovli jarayondir. Jahon avtomobil ishlab chiqaruvchilari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xomashyodan to tayyor mahsulot, ya’ni avtomobil ishlab chiqarilishigacha o‘rtacha 3 oydan 6 oygacha vaqt talab qilinadi. E’tiborli jihati shuki, O‘zbekiston asosiy dengiz marshrutlaridan uzoqda joylashgan hududlar sirasiga kiradi. O‘zbekiston avtomobil sanoati umumjahon avtomobilsozlik tizimining uzviy bir qismiga aylangan bo‘lib, hozirgi kunda avtomobil ishlab chiqarish uchun kerak bo‘lgan muayyan turdagi xomashyo va butlovchi qismlar dunyoning deyarli barcha qit’alarida joylashgan 20 dan ortiq mamlakatlardan olib kelinadi. Ular sirasiga Janubiy Koreya, AQSh, Germaniya, Italiya, Meksika, Braziliya, Rossiya, Polsha va boshqa ko‘plab davlatlar kiradi.
Ushbu omillardan kelib chiqib, tayyor avtomobilni etkazib berish muddatlari belgilanadi va o‘rtacha 3 oy vaqt talab kiladi. Ishlab chiqarish jarayonlari va normativlari, logistika va boshqa omillarni hisobga olgan holda GM Uzbekistan tomonidan avtomobillarni xaridorlarga etkazib berish muddatlarni qisqartirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda va shuning uchun ikki oylik ishlab chiqarish hajmidagi avtomobillarga shartnoma tuzib kelinmoqda.
Albatta, korxona omborlarida bir necha oylarga etadigan darajada butlovchi qismlarni olib kelib saqlash ham mumkin. Biroq, bu o‘z navbatida moliyaviy mablag‘larni katta miqdorda “muzlatilishiga” va avtomobil tannarxini oshib ketishiga olib keladi. Ba’zi hollarda bunday saqlangan materiallar sifati buzilishi va yaroqsiz holga kelishi xavfi bor.
Shu kabi salbiy holatlarning oldini olish, moliyaviy xarajatlarni kamaytirish va avtomobil tannarxini me’yoriy saviyada ushlab turishni ta’minlash maqsadida korxona omborlarida ishlab chiqarish rejasiga asosan kerak bo‘ladigan minimal miqdordagi xomashyo va butlovchi qismlar saqlanadi.
Etkazib berish muddatlarini qisqartrish maqsadida oylik ravishda shartnoma tuzish tizimi tadbiq qilindi va natijada seriyali ishlab chiqariladigan avtomobillar etkazish berish maksimal muddati 60 ish kuni deb belgilandi (Captiva, Malibu, Orlando avtomobillari bo‘yicha etkazib berish muddatlari 90 ish kunini tashkil etadi). Bu tizimni tatbiq qilishning asosiy maqsadlaridan biri, xaridorlarni bir necha oylab o‘z avtomobillarini etkazib berilishini kutish va avtomobil narxi o‘zgarganda qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish natijasida vujudga keladigan e’tirozlarni hamda ushbu holatdan ba’zi bir shaxslar tomonidan spekulyativ ravishda g‘araz maqsadlarda foydalanishning oldini olishdan iborat.
4. Avtomobil tannarxini kamaytirishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlari muhim o‘rin tutadi va bu borada keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilib, yildan-yilga mahalliylashtirish darajasi oshib bormoqda.
Bugungi kunga kelib, mahalliylashtirish dasturini hisobga olgan holda jami 160 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etildi va o‘z faoliyatini olib bormoqda. Buning natijasida ayrim modellar bo‘yicha mahalliylashtirish darajasi 70-75 %gacha etdi.
Shu bilan birga, ba’zi bir turdagi butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish umumiy ishlab chiqarish hajmlari kamida 500 ming dona avtomobilga etganda samarali amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun, temir, alyuminiy, polimerlar, silindrlar bloki, transmissiya, tezlik uzatish qutisi, avtomobil ichki kompyuterlari kabi ba’zi xomashyo va butlovchi materiallar hozirgi kunda chet eldan import qilinmoqda.
Yuqorida keltirilgan va shu kabi boshqa savollarni batafsilroq yoritish maqsadida GM Uzbekistan tomonidan OAV vakillari uchun avtomobilsozlik tarmog‘i korxonalariga matbuot safari uyushtirilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu tashrif davomida jurnalistlar nafaqat ishlab chiqarish jarayonlari, balki savdo tiziminda amalga oshirilgan yangi tashabbuslar bilan bevosita tanishtiriladi va o‘rtaga tashlanadigan savollarga to‘liq va batafsil ma’lumot beriladi. Ushbu tashabbus joriy yilning 5 iyulida Asaka avtomobil zavodida uyushtiriladi va natijalari keng ommaga etkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin