date

Moskvada avtomobillar uchun bosma platalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Moskvada avtomobillar uchun bosma platalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Moskvada avtomobil sanoati uchun bosma platalar ishlab chiqaradigan yangi korxona tashkil etiladi. «Rudnevo» industrial parkining yangi rezidenti bo‘lgan ushbu zavod mahsulotlarini Avtovaz, KamAZ va Moskvich kabi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilarga yetkazib beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Moskva meri Sergey Sobyaninning ta’kidlashicha, bosma platalar zamonaviy avtomobilsozlikda muhim o‘rin tutadi. Ular elektron komponentlarni ixcham joylashtirish imkonini berib, qurilmalarning samaradorligi va ishonchliligini oshiradi.

Ishlab chiqarishni 2026-yil oxiriga qadar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Zavod yuqori aniqlikdagi robotlashtirilgan tizimlar va avtomatlashtirilgan liniyalar bilan jihozlanadi. Bu Rossiyada 24 qatlamgacha bo‘lgan va yettinchi aniqlik sinfiga ega bosma platalarni yirik hajmdagi kontrakt asosida ishlab chiqaradigan ilk korxona bo‘ladi.

Yangi loyiha doirasida 300 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Texnopolis Moskva maxsus iqtisodiy zonasi rezidenti maqomi kompaniyaga soliq imtiyozlari va bojxona to‘lovlarisiz asbob-uskunalar olib kirish imkonini beradi. Loyihaga kiritiladigan umumiy investitsiya hajmi besh milliard rubldan oshadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Moskvada avtomobillar uchun bosma platalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi