5 842
Toshkent ko‘chalarida birinchi bor qor va botqoqli joylarda yurishga mo‘ljallangan vezdexod paydo bo‘ldi
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Voditeli Tashkenta» guruhining foydalanuvchilari Toshkent ko‘chalarida kezib yurgan vezdexodning suratlarini e’lon qildi, deb xabar berdi Daryo.uz, «1news.uz»ga asoslangan holda.
Suratdagi transport vositasi UAZ Patriot avtomobillari negizida yaratilgan «Yamal» vezdexodi ekani aytilmoqda. Mashina eng chekka shimoliy hududlardagi ishlarga mo‘ljallab loyihalashtirilgan.
«O‘zbekistonda bunday vezdexodlarga talab bo‘lgan korxona yoki tashkilotlar bormi? Bizda bunday botqoqliklar yo‘q-ku», — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Angrendan bo‘lib, ochiq tarzda ko‘mir qazib olinuvchi konda ishlagan. «Hatto o‘sha erda ham ularga talab yo‘q. Oddiy Hunter va 4×4 uaziklar barcha ishni uddalab ketadi», — deya yozadi Bobur Alimov ismli foydalanuvchi.
Dilshod ismli foydalanuvchining yozishicha, «yaqinda kimdir bu mashinani to‘yi sabab ijaraga olishi aniq». “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?