6 448
Avtopilotda boshqarilayotgan Tesla Minnesotada ag‘darilishi oqibatida 5 kishi jarohatlandi
Avtopilot tartibida bo‘lgan Tesla mashinasi Minnesota shtatida yo‘l-transport hodisasiga yo‘liqishi oqibatida 5 kishi jabrlandi. Bu haqda «TASS»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Star Tribune nashriga ko‘ra, Minneapolis yaqinida yashovchi Devid Klark boshqargan va avtopilot tartibida bo‘lgan Tesla harakatlanish chog‘i birdaniga tezlashgan hamda yo‘l chetiga chiqib ketgan. Shundan so‘ng trassa yonidagi botqoqlikka ag‘darilgan.
Mashinada 4 nafar yo‘lovchi bor edi. Ularning barchasi va haydovchi jarohatlandi. Polisiya tekshiruv olib borilishini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, Tesla kompaniyasi haydovchining so‘zlarini shubha ostiga oldi va YTHdan avval avtopilot funksiyasi noto‘g‘ri ishlagan deb hisoblashga «asos yo‘qligi»ni bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi