09:42 / 30.08.2017
21 413

Avtomobillarga chiroyli raqamlarni internet orqali sotib olish mumkin

Avtomobillarga chiroyli raqamlarni internet orqali sotib olish mumkin
Avtomobillarga mo‘ljallangan davlat namunasidagi chiroyli raqamlarni onlayn kimoshdi savdosi orqali olish imkonini beruvchi sayt test rejimida ishga tushdi. Respublika tovar xomashyo birjasi rasmiylari bilan tahririyatimiz xodimlari bog‘lanib ushbu masalaga oydinlik kiritdi.

Chiroyli raqamlar Respublika tovar xomashyo birjasining maxsus “avtoraqam.uzex.uz” saytida auksionga qo‘yiladi. Saytda texnik ishlar olib borilayotgani sababli tez kunlarda to‘liq ishga tushishi ma’lum qilindi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy yilning 1 sentyabridan avtotransport vositalarining qayd etish davlat raqamlaridagi raqam va harflarini talab etilgan kombinatsiyaga ko‘ra to‘lovlarning yuqoriroq stavkasi bo‘yicha tanlab olish, jumladan, ularni kimoshdi savdosi (auksion) orqali xarid qilish tartibi o‘rnatilgani haqida xabar bergan edik.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobillarga chiroyli raqamlarni internet orqali sotib olish mumkin