2017 yilning 20 sentyabrida birjaning avtoraqam.uzex.uz vebsaytiga sotuvga avtotransport vositalari uchun birinchi toifali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qo‘yilishi boshlandi, deb xabar beradi Kun.uz.
Xususan, savdolarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun 50dan ziyod «oltin» avtoraqamlar va yuridik shaxslar uchun 25dan ortiq lotlar joylashtirildi. Bugungi kundan e’tiboran O‘zRTXB axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan xaridorlar eng kutilayotgan (01) C 777 AB, (01) C 700 AB yoki (01) C 001 AB kabi avtoraqamlar bo‘yicha onlayn auksionlarda ishtirok etishlari mumkin.
Shuningdek, avtoraqam.uzex.uz vebsayti birjaning Call-markaziga kelib tushayotgan takliflar asosida muntazam ravishda takomillashtirilmoqda. Shu jumladan, vebsaytga buyurtmalar stakani, shaxsiy kabinetda qidirish tizimi, istagan lotga obuna bo‘lish kabi qo‘shimcha funksiyalar kiritildi, ko‘p beriladigan savollar bo‘limi va berilgan takliflar ro‘yxati yaratildi, hamda xaridorlar uchun auksionda ishtirok etish qo‘llanmasi joylashtirildi. Eslatib o‘tamiz, birinchi toifali avtoraqamlarni savdolar bosqichi – 3 foizni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi