
Bugun, 30 sentyabr kuni ertalab Toshkent shahrida harakatlanuvchi jamoat transport vositasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqdagi video va suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketdi, deb yozmoqda «Sof.uz» sayti.
Ushbu hodisa Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Buyuk ipak yo‘li va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishgan chorrahaga yaqin joydagi avtobus bekati oldida sodir bo‘lgan. Mercedes Benz rusumli avtobus dvigatelida qisqa tutashuv tufayli yonib ketgan.
O‘zbekiston ilgari ham poytaxtda avtobuslar yonib ketishi bilan bog‘liq hodisalar haqida xabar bergan edik.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar