Yaponiya davlat yerlari, infratuzilma, transport va turizm vazirligi mamlakatning Kioto va Totigi prefekturalarida joylashgan Nissan konsernining ikki zavodida tintuv o‘tkazishgan. Tintuv o‘tkazilishiga sabab sotuv oldidan avtomobillarning xavfsizlikka nisbatan sinov ishlari qonunchilik talablariga javob bermagani bo‘lgan, deb xabar beradi Reuters.
Xabar qilinishicha, Nissan xodimlari xavfsizlik tekshiruvini o‘tkazish uchun yetarli malakaga ega bo‘lishmagan. Yaponiya hukumatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, korporatsiyaning 6 zavodida qoida buzilishlari ro‘y bergan bo‘lishi mumkin.
Nissan vakillari o‘tkazilgan tintuvlar haqidagi ma’lumotni tasdiqlashgan. «Ayni paytda biz zavodlarimizdagi avtomobillarning xavfsizlik tekshiruviga oid surishtiruv ishlarini olib bormoqdamiz», — degan kompaniya matbuot kotibi Nik Maksfild.
Ilgariroq Nissan rahbariyati 2014 yilning oktyabridan boshlab ishlab chiqarilgan 20ta turli modellarga oid 1,2 million mashinani chaqirib olish kampaniyasi boshlanganini e’lon qilgan edi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari