13:08 / 10.10.2017
7 925

O‘zbekiston va Qirg‘iziston avtobuslarni birgalikda yig‘adi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston avtobuslarni birgalikda yig‘adi
«O‘zbekiston-Qirg‘iziston» biznes-forumi doirasida 2017 yil 6 oktyabrda Toshkentda umumiy qiymati 200 million dollardan ortiq mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Xususan, avtobuslarni birgalikda yig‘ish, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish, kir yuvish mashinalarini yig‘ish, dilerlik markazlarini tashkil etish, kabel mahsulotlarini yetkazib berish, O‘sh shahrida savdo-ko‘ngilochar markazini qurish va Qirg‘iziston Respublikasi hududida «Artel» texnik maktabining filiali to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, avtomobilsozlik firmalari, ikki davlat zargarlik uyushmalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi, O‘zbekistonga shinalar, suv, asal, o‘simlik yog‘i, tabiiy tosh va travertin yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarga erishildi.

Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining veb-saytiga ko‘ra, biznes-forumda vazirliklar va idoralar vakillari, savdo, sarmoyaviy hamda sanoat kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdilar. Forumda ikki mamlakatning 500 dan ziyod ishbilarmonlari qatnashdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston va Qirg‘iziston avtobuslarni birgalikda yig‘adi