“GLONASS” kompaniyasining rahbari Tatyana Ledovskaya “Connected Car Summit 2017” forumida nutq so‘zlab, 2020 yilgacha jahon miqyosida 150 mingta haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar harakatlanishini aytib o‘tdi.
Balki 2020 yilda o‘zbekistonlik avtomobil ishqibozlari ham ushbu “ixtiro”dan foydalanishlari mumkin. Axir dunyoda paydo bo‘lgan yangilik ko‘p o‘tmay O‘zbekistonda ham paydo bo‘lishi hech kimga sir emas. Yo‘g‘e, deysizmi? Qariyb 100 million so‘mga davlat raqamini sotib olgan o‘zbekistonlik avtomobil ishqibozlari... Buni vaqt ko‘rsatadi!
Mazkur haydovchisiz avtomobillar harakatlanishi davrida 4 ming gegabayt ma’lumotni qayta ishlashga qodir, bu esa 333 ta zamonaviy smartfonning ma’lumotlar bazasiga tengdir xotira va funksiyalarni bajarish tezligi demakdir, deydi Ledovskuya RIA axborot agentligiga bergan intervyusida.
Bu ixtiro o‘z o‘rnida yaqin kelajakda benzin bilan harakatlanuvchi dvigatellar (ichki yonuv dvigatelli avtomobillar) sotilmay qolishiga sabab ham bo‘lishi hech gap emas!
Ledovskayaning so‘zlariga ko‘ra, 8 yildan so‘ng juda ko‘p davlatlarda elektroavtomobildan keng foydalanish boshlanadi va bu, o‘z navbatida, 2040 yilgacha dunyo avtomobil foydalanuvchilarining yarmini tashkil qilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi